Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12661 marta o'qildi

Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari amalga oshiradi.

Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Qurilish vazirligi vakolatlari:
  • shaharsozlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududlarini rejalashtirish tarhlarini va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’ektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;
  • shaharlarning, shaharchalarning bosh rejalarini, bundan tasdiqlanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari jumlasiga kiritilgan shaharlarning bosh rejalari mustasno, hamda Toshkent shahrining markaziy qismlarini, viloyatlarning ma’muriy markazlarini, shuningdek madaniy meros ob’ektlariga ega bo‘lgan shaharlarni batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi;
  • umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’ektlari uchun chegaralarni belgilash haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi va boshqalar.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
  • Tumanlar (shaharlar) ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
Chat