Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11847 marta o'qildi

Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organining ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari, bunga vakolatli bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari, ekspert komissiyalari va ekspert guruhlari, shuningdek akkreditatsiya qilingan yuridik shaxslar tomonidan o‘tkaziladi.

Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’ektlarining shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organining ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladi.

  • Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’ektlarining shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organining ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladi.
  • Shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga, shu jumladan shaharsozlik, yong‘inga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, shuningdek sanitariya qoidalari va normalariga, gigiena normativlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazilishi lozim.
  • Shaharsozlik faoliyati ob’ektlarini qurish uchun shaharsozlik hujjatlari zilzilaga bardoshlilik va yong‘in xavfsizligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o‘tkazilishi lozim.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan chet el investitsiyalari hisobidan amalga oshiriladigan ob’ektlar bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarining smeta qismini ekspertizadan o‘tkazish talab etilmaydi.

Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi buyurtmachilar va ekspert tashkilotlari tomonidan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi, bunda xarajatlar ko‘rib chiqilayotgan loyihani ishlab chiqish qiymatiga kiritiladi.

Ekspertizaning ijobiy xulosalari (bundan davlat sirlari yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni o‘z ichiga olgan shaharsozlik hujjatlariga doir xulosalar mustasno) ular ekspertiza xulosalarining yagona reestriga kiritilgan taqdirdagina haqiqiy deb tan olinadi.

Ekspertizaning ijobiy xulosalari shaharsozlik hujjatlarini kelishib olish, tasdiqlash va kelgusida amalga oshirish uchun asos bo‘ladi.

Ekspert tashkilotlari:
  • qabul qilingan arxitektura-rejalashtirish va shaharsozlik echimlarining shaharsozlik normalari hamda qoidalariga muvofiqligini tekshiradi;
  • shaharsozlik normalari va qoidalarining majburiy talablariga, shu jumladan energiya jihatidan samarador hamda energiyani tejaydigan texnik, texnologik va innovatsion loyiha echimlarini qo‘llash bo‘yicha majburiy talablariga rioya etilishini tekshiradi;
  • ekspertiza natijalari yuzasidan xulosalar taqdim etadi;
  • bajarilgan loyiha-qidiruv ishlarining sifatiga baho beradi.

  • Shaharsozlik hujjatlari ekspertlarining huquqlari

Shaharsozlik hujjatlarini ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha ekspertiza xulosalarini tayyorlash vaqtida hech kim ekspertlar yoki ekspert tashkilotlari ishiga aralashishga haqli emas.

Chat