Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi hamda uning hududiy markazlari 2026-yil 4-avgustdan Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazi va uning hududiy markazlari deb qayta nomlangan.
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida faoliyat yuritadi.
Markaz va uning hududiy tuzilmalari:
Chuqurlashtirilgan reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish istagini bildirgan xotin-qiz va uning voyaga etmagan farzandlari «Inson» markazi orqali hududiy markazga yo‘naltiriladi.
«Inson» markazi bo‘sh o‘rinni aniqlaydi, zarur ma’lumotlarni elektron tizim orqali yuboradi va ichki ishlar organiga murojaat qiladi. Ichki ishlar organi ularni murojaat kelib tushgan kunning o‘zida hududiy markazga olib boradi.
Agar yashash joyidagi markazda bo‘sh o‘rin bo‘lmasa, yaqin hududdagi, xotin-qiz tanlagan boshqa hududdagi yoki nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan reabilitatsiya markazi tanlanishi mumkin.
Markazga joylashtirish xotin-qizning roziligi bilan amalga oshiriladi. Uni majburan markazga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatidagi ixtisoslashgan hududiy markazlar odam savdosidan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga etmagan farzandlarini ham qabul qiladi.
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs markaz xizmatlaridan bir oygacha, jabrlangan deb tan olingan shaxs esa ko‘pi bilan olti oy foydalanishi mumkin.
Shoshilinch xavf mavjud bo‘lsa — 102, maslahat va ijtimoiy-psixologik yordam uchun 112 yoki 1146 raqamlariga murojaat qilish mumkin.
Markaz faoliyati Prezidentning PF-82-son Farmoni, Prezidentning PQ-5116-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 354-son qarori va Prezidentning PF-146-son Farmoni bilan tartibga solinadi.