Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5830 marta o'qildi

Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi ushbu rejalarning yuridik va jismoniy shaxslar huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganilishini hamda baholanishini nazarda tutadi.

  • Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi jamoatchilik nazorati sub’ektlarining tashabbusiga ko‘ra va jamoatchilik muhokamasini o‘tkazuvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazish zaruratini asoslagan holda bergan arizasi asosida o‘tkaziladi.
  • Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazishga doir ariza jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilganidan keyin 15 kun ichida shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinadi.

Jamoatchilik ekspertizasi jamoatchilik asosida, jamoatchilik nazorati sub’ektlarining mablag‘lari, homiylik mablag‘lari yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

  • Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi natijalari bo‘yicha yakuniy hujjat tayyorlanib, u shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organiga va buyurtmachiga taqdim etiladi.
  • Aholi punktlari bosh rejalarining buyurtmachilari aholi punktlari bosh rejalari jamoatchilik ekspertizasining yakuniy hujjatiga doir javoblarni ushbu hujjatni tasdiqlash to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiluvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organiga taqdim etadi.

Aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiluvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organi o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bilan bir qatorda jamoatchilik ekspertizasining yakuniy hujjatida keltirilgan tavsiyalarni hisobga oladi.

  • Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida takliflar berish huquqi o‘z qonuniy manfaatlariga daxl qilinayotgan jamoatchilik nazorati sub’ektlariga taqdim etiladi.
Chat