Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12085 marta o'qildi

Fuqarolik ishi - ishda ishtirok etuvchi shaxslar, fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sudga taqdim etgan yoki sud tomonidan talab qilib olingan hujjatlar va sud hujjatlari asosida sud tomonidan shakllantiriladi.

  • Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.
  • Elektron shaklda shakllantirilgan fuqarolik ishining qog‘ozdagi ko‘chirma nusxasi bo‘lishi mumkin.  

Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari hujjatlarni sudga elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va fuqarolik sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sudga taqdim etgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qo‘shib qo‘yiladi, shundan so‘ng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.

  • Fuqarolik ishi elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari sudьyaning (sudьyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud majlislarining hamda protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
  • Elektron shaklda shakllantirilgan fuqarolik ishini boshqa sudga yoki o‘zga organga o‘tkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.             

  • Sud ko‘rilayotgan va hal etilayotgan masala bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq qabul qiladi.
  • Birinchi instantsiya sudi ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qiladi, ayrim hollarda esa sud buyrug‘i qabul qiladi.
  • Apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi sudi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi.

  • Sud qonunda o‘zining vakolatiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror chiqaradi.
  • Sud ish mazmunan hal etilmaydigan masalalarni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi.
Chat