O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga muvofiq, qonuniy kuchga kirmagan birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori ustidan:
apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.
Prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek qonunda belgilangan shaxslarning murojaati mavjud bo‘lganda apellyatsiya protesti keltirishga haqli.
Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya instantsiyasi sudi nomiga yo‘llanadi, ammo hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Birinchi instantsiya sudi shikoyat kelib tushgan kundan e’tiboran besh kun ichida uni ish materiallari bilan birga apellyatsiya instantsiyasi sudiga yuborishi shart.
Apellyatsiya shikoyati yoki protesti hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati 10 kun ichida beriladi.
Muhim: shikoyatni berish muddati hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan emas, qaror qabul qilingan kundan hisoblanadi.
O‘tkazib yuborilgan muddat apellyatsiya shikoyati berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha apellyatsiya instantsiyasi sudining sudьyasi tomonidan tiklanishi mumkin.
Buning uchun:
Muddat o‘tkazib yuborilgan va uni tiklash rad etilgan bo‘lsa, shikoyatni ish yuritishga qabul qilish rad etiladi.
Apellyatsiya shikoyatida quyidagilar ko‘rsatiladi:
Shikoyat uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil imzolagan shikoyatga uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Qonunda imtiyoz nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ham ilova qilinadi.
Apellyatsiya sudi ishni shikoyatda keltirilgan vajlar asosida tekshiradi, biroq qonunda nazarda tutilgan hollarda qarorning qonuniyligi va asosliligini to‘liq hajmda tekshirishi mumkin.
Apellyatsiya instantsiyasi sudi:
Muhim: apellyatsiya shikoyatida sud qarorining qaysi qismiga e’tiroz bildirilayotgani, qanday qonun buzilgani va shikoyat beruvchi suddan nimani so‘rayotgani aniq bayon qilinishi lozim.