Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 39480 marta o'qildi

Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instantsiya sudining apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellyatsiya instantsiyasi sudining ajrimi ustidan kassatsiya shikoyati berishi, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno, prokuror esa FPKda belgilangan hollarda kassatsiya protesti keltirishi mumkin.

Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va apellyatsiya instantsiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.

  • Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi

Kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instantsiyasi sudining ajrimi qabul qilingan kundan e’tiboran 1 yil ichida berilishi mumkin.

O‘tkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra kassatsiya instantsiya sudining sudьyasi tomonidan, basharti iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran 3 oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa, tiklanishi mumkin.

O‘tkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash yoki tiklashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.

  • Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
  • Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
  • Kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish

Kassatsiya shikoyati (protesti) uni sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran 1 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddatini ishni ko‘rib chiqayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan yana 1 oyga uzaytirilishi mumkin.

Sud ishni kassatsiya tartibida ko‘rayotganida birinchi instantsiya va apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan moddiy huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ishdagi materiallar bo‘yicha tekshiradi.

Kassatsiya instantsiyasi sudi yangi dalillarni o‘rganib chiqish va yangi faktlarni aniqlash huquqiga ega emas.

Chat