Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5729 marta o'qildi

Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishi shart:
  • mazkur ishni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, jinoyat ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov harakatlari olib borilayotgan ish yoki masala yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar ko‘rish mumkin bo‘lmaganda;
  • ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa;
  • ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan fuqaro muomala layoqatini yo‘qotganda.

Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishga haqli:
  • sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda;
  • ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda;
  • arizachi bo‘lgan fuqaro davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda.

Ish yuritish to‘xtatib turilgan taqdirda, Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan yoxud sud tomonidan tayinlangan muddatlarning o‘tishi to‘xtatib turiladi.

Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, bundan dastlabki himoya choralarini ko‘rishga va dalillarni ta’minlashga qaratilgan harakatlar mustasno.

Ish yuritishni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ish yuritish tiklanadi.

Ish yuritishni to‘xtatib turish, uni tiklash to‘g‘risida yoki uni tiklashni rad etish haqida sud ajrim chiqaradi.

Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.

Ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi, ish yuritishni tiklashni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Chat