Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8777 marta o'qildi

Sud qo‘yidagi hollarda ish qo‘zg‘atadi:
  • manfaatdor shaxslarning arizalari bo‘yicha;
  • prokurorning arizasi bo‘yicha;
  • davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonun bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan hollarda, shu davlat organlarining va boshqa shaxslarning arizalari bo‘yicha.

Iqtisodiy sudga murojaat qilish uchun havola orqali zarur bo‘lgan ariza turini tanlash va kerakli ma’lumotlarni qayd qilgan holda ariza na’munalarini olish mumkin.

Da’vogar da’vo taqdim etganda javobgarga va uchinchi shaxslarga da’vo arizasining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini yuborishi shart.

Da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga axborot tizimi orqali elektron tarzda yuborilishi mumkin.

  • Da’vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar

Sudьya da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish haqidagi masalani da’vo arizasi sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 5 kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi.

Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilganidan keyingi kundan kechiktirmasdan yuboriladi.

Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etish holatlari

Chat