Quyidagi holatlardan kamida biri mavjud bo‘lsa, uy-joy, bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mulk ob’ekti o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat deb hisoblanadi:
Er uchastkasining kadastr hujjati mavjudligi qurilish uchun zarur ruxsatnomalarni olmasdan har qanday ob’ekt qurish huquqini bermaydi.
Er uchastkasiga bo‘lgan huquq va unda ob’ekt qurish huquqi — bir xil tushuncha emas. Qurilish belgilangan maqsad, shaharsozlik hujjatlari va ruxsat berish tartibiga muvofiq bo‘lishi kerak.
O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs mazkur ob’ektga avtomatik ravishda mulk huquqini olmaydi. U ob’ektni:
Huquqi buzilgan shaxs yoki vakolatli davlat organining da’vosi asosida noqonuniy imorat sud qarori bilan uni qurgan shaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzdirilishi mumkin.
Agar imorat o‘zboshimchalik bilan egallangan erda qurilgan bo‘lsa, erni foydalanishga yaroqli holatga keltirish va undagi qurilmalarni buzish xarajatlari ham erni o‘zboshimchalik bilan egallagan shaxs zimmasiga yuklatiladi.
O‘zboshimchalik bilan egallangan er uchastkasi sarflangan xarajatlar qoplanmagan holda tegishli er egasi, foydalanuvchi, ijarachi yoki mulkdorga qaytariladi.
Er uchastkasini qaytarish tuman, shahar yoki viloyat hokimining qarori yoxud sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi.
O‘zboshimchalik bilan egallangan erdagi noqonuniy qurilish ob’ektini:
Er uchastkasining qonuniy mulkdori, umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik qiluvchisi, doimiy egasi yoki foydalanuvchisining o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi ayrim hollarda sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin.
Biroq imorat:
Qonunchilikda ayrim toifadagi avval o‘zboshimchalik bilan egallangan erlar va ulardagi ob’ektlarga huquqlarni maxsus tartibda e’tirof etish hollari ham belgilangan. Bu qoida har qanday yangi noqonuniy qurilishni keyinchalik rasmiylashtirish mumkinligini anglatmaydi.
Noqonuniy qurilish yoki erni o‘zboshimchalik bilan egallash holati bo‘yicha:
Murojaatda ob’ektning aniq manzili, imkoni bo‘lsa kadastr raqami, qurilish ishlarining xususiyati, foto va videomateriallar hamda qonunbuzilishni tasdiqlovchi boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatish tavsiya etiladi.
Umumiy tartibda yuborilgan anonim murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi. Maxsus axborot tizimi yoki botda murojaat qiluvchining shaxsini sir saqlash alohida nazarda tutilgan bo‘lsa, uning maxfiyligi shu xizmat qoidalariga muvofiq ta’minlanadi.
Erni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilish olib borish va vakolatli organning qonuniy talabini bajarmaslik ma’muriy, ayrim hollarda esa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Murojaat ko‘rib chiqilmasa yoki davlat organining qarori va harakatiga rozi bo‘linmasa, yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.