Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 14432 marta o'qildi

V Navoiyskoy oblasti dosrochno bыli osvobojdenы 47 osujdennыx - Novosti  Uzbekistana

Mahkumlar, JIK va boshqa qonunlarda belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘ladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, erkinliklarga ega bo‘lishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.

Mahkumlarning huquqlari va majburiyatlari muayyan jazo turini ijro etish tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Mahkumlar quyidagi huquqlarga ega:
  • jazoni o‘tash tartibi va shartlari to‘g‘risida, o‘z huquqlari va majburiyatlari haqida axborot olish;
  • jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalariga o‘z ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish;
  • o‘z taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish. Murojaat etilgan tilda javob berishning iloji bo‘lmagan taqdirda javob O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida beriladi. Javobni intizomiy qismga jo‘natish va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs murojaat etgan tilga tarjima qilib berish jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ tomonidan ta’minlanadi;
  • tushuntirish berish hamda yozishmalar olib borish, zarur hollarda tarjimonning xizmatidan foydalanish;
  • o‘quv, badiiy va boshqa xil axborot materiallaridan foydalanish;
  • sog‘lig‘ini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga ko‘ra ambulatoriya-poliklinika va statsionar sharoitda tibbiy yordam olish;
  • ob-havo sharoiti yo‘l qo‘ysa, ishdan bo‘sh vaqtida toza havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish;
  • jazoni ijro etish muassasasining psixologik xizmat ko‘rsatish xodimlari tomonidan ko‘rsatiladigan psixologik yordamni olish. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan amalga oshiriladi;
  • mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo‘lish, dam olish, ta’tilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq to‘lanishi;
  • ijtimoiy ta’minot, shu jumladan qonunchilikka muvofiq pensiya olish.

Mahkum ajnabiy fuqarolar shuningdek o‘z davlatlarining diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan, O‘zbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik muassasalari bo‘lmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya qilishni o‘z zimmasiga olgan davlatning diplomatiya vakolatxonalari bilan aloqa qilib turish huquqiga ega.

Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega.

  • Mahkumlar advokatlardan malakali yuridik yordam olish huquqiga ega.
  • Mahkum shaxsiy xavfsizlik huquqiga ega.        
  • Mahkumlarga vijdon erkinligi kafolatlanadi. Ular har qanday dinga e’tiqod qilishga yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikka haqli.

Mahkumlarning majburiyatlari:
  • jazoni o‘tash tartibi va shartlariga rioya etishga;
  • jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyatining qonunga asoslangan talablarini bajarishga majburdirlar.

Mahkumlarning o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarmasligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Chat