Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9542 marta o'qildi

ADMINISTRATIVNЫY ShTRAF - MIGRANTЫ.org

Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jarimani hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida ixtiyoriy ravishda to‘lashi shart. Mahkum belgilangan muddatda jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lamagan taqdirda, jarima davlat ijrochisi tomonidan majburiy tartibda undirib olinadi.

  • 18 yoshga to‘lmagan jinoyat sodir etgan va jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab olti oylik muddat ichida jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lashi shart.        

Agar belgilangan muddatda jarimani to‘liq miqdorda to‘lashga mahkumning imkoni bo‘lmasa, sud uning iltimosnomasiga ko‘ra hukmning ijrosini JPKning 533-moddasida belgilangan tartibda kechiktirishi yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etishi mumkin.

  • Mahkumning jarimani to‘lashdan bo‘yin tovlashi bu jazoni Jinoyat kodeksining 44 va 82-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va doirada boshqa jazo bilan almashtirishga sabab bo‘ladi.
Chat