Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 534563 marta o'qildi

2023/2024 o‘quv yili qabulida abiturientlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20-iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10 iyulga qadar (10-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Abiturientlar test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash huquqi beriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.


 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari:

a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha  34 860 nafar;

b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 8 923 nafar.

Qabul jarayonlari bilan tanishish uchun havolaga o‘ting.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda 2 foizli kvota ajratilgan. 


Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hamda tavsiyanomaga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilarga imtiyozlar.

Chat