Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6631 marta o'qildi

Epidemiologik ko‘rsatma bo‘yicha profilaktik emlash kalendari «Shol kasalligi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar» pozitsiyasidan so‘ng quyidagi tahrirdagi pozitsiya bilan to‘ldirilsin:

  1. Aholi bilan muloqotga kirishuvchi barcha turdagi xizmat ko‘rsatish ob’ektlari (Davlat xizmatlari markazlari, O‘zbekiston pochtasi bo‘linmalari, banklar, lizing tashkilotlari, notariuslar, sug‘urta kompaniyalari, turistik agentliklar, go‘zallik salonlari, avtotransport vositalarini ta’mirlash va moy almashtirish, yuvish shaxobchalari, sartaroshxonalar, internet zallari, to‘lovlarni qabul qilish punktlari, rieltorlik xizmatlari, reklama xizmatlari va boshqalar) xodimlari;
  2. barcha turdagi savdo (oziq-ovqat, xo‘jalik mollari, kiyim-kechak do‘konlari, dorixonalar va boshqalar) ob’ektlari xodimlari;
  3. sport maktablari hamda sport inshootlari xodimlari;
  4. madaniy hamda ko‘ngilochar ob’ektlar va dam olish maskanlari xodimlari;
  5. mehmonxonalar, mehmon uylari, xostellar, otellar, yotoqxonalar va kempinglar ishchi-xodimlari;
  6. yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlar xodimlari;
  7. davlat va nodavlat ta’lim muassasalari xodimlari;
  8. harbiy xizmatchilar;
  9. umumiy ovqatlanish joylari, jumladan jamoat joylarida joylashgan tezkor ovqatlanish nuqtalari, choyxona, to‘yxona, kafe va restoranlarning xodimlari, shuningdek, mahsulotlarni etkazib berish bilan shug‘ullanuvchilar;
  10. barcha turdagi davlat va nodavlat tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy ob’ektlar xodimlari;
  11. kommunal xizmat sohasi xodimlari;
  12. aloqa va telekomunikatsiya ob’ektlari xodimlari;
  13. davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari;
  14. huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari.
Chat