Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8504 marta o'qildi

Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish

  • Bu qanday ishlaydi?
  1. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirgandan so‘ng YaIDXPda so‘rovnomani to‘ldiradi va uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi (suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno).
  2. YaIDXP avtomatik tarzda so‘rovnoma va ilova qilingan xujjatlarni suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini kelishish uchun SQKX tashkilotiga yuboradi.
  3. SQKX tashkiloti 3 ish kuni mobaynida suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini ERI bilan tasdiqlash orqali kelishishi yoki kelishishni rad etashi kerak. Kelishilgan suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasini YaIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuborishi kerak.
  4. Iste’molchi xohishiga ko‘ra (loyiha kelishilganidan so‘ng) SQKX tashkiloti yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzishi kerak.    
  5. SQKX tashkiloti yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari shartnomalarda belgilangan muddatlarda suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishi kerak.
  • Bog‘lanish: Call-markaz - 1255
  • Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar
  • Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
  1. Onlayn ariza.
  2. Suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash loyihasi elektron shaklda.
  • Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida
  • Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi "Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 256-son qarori

Tashkilot:


Xizmat narxi: BHMning 9% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 10%).

Chat