Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 22012 marta o'qildi

Xizmat mazmuni

Suv hisoblagichini plombalash hamda suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlari bo‘yicha shartnoma tuzish tarmoqlarga ulanish bilan bog‘liq qurilish-montaj ishlari yakunlanganidan keyin amalga oshiriladi.

Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin.

Murojaat qilish tartibi

Iste’molchi:

  • Davlat xizmatlari markaziga shaxsan;
  • yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — YaIDXP orqali elektron shaklda murojaat qiladi.

Shaxsan murojaat qilinganda so‘rovnomani Davlat xizmatlari markazi xodimi iste’molchi nomidan to‘ldiradi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda iste’molchi so‘rovnomani mustaqil ravishda to‘ldiradi.

So‘rovnomada suv ta’minoti va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkiloti tomonidan tasdiqlangan tarmoqqa ulanish muddati ko‘rsatiladi.

Iste’molchidan so‘rovnomada nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumotlar yoki hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

YaIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

So‘rovnomani yuborish

Davlat xizmatlari markazi so‘rovnomani to‘ldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida suv ta’minoti va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkilotiga yuboradi.

YaIDXP orqali berilgan so‘rovnoma mas’ul tashkilotga avtomatik ravishda yuboriladi.

Plombalash va dalolatnoma tuzish

Suv ta’minoti va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkiloti so‘rovnoma kelib tushganidan keyin 2 ish kuni mobaynida:

  • ob’ekt joylashgan manzilga chiqadi;
  • suv hisoblagichini plombalaydi;
  • iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzadi.

Hisoblagich plombalangan kunning o‘zida rasmiylashtirilgan shartnoma va plombalash dalolatnomasining elektron nusxasi Davlat xizmatlari markaziga yoki iste’molchiga YaIDXP orqali yuboriladi.

Shartnomani tasdiqlash

Iste’molchi rasmiylashtirilgan shartnoma kelib tushganidan keyin uni 5 ish kuni mobaynida tasdiqlashi kerak.

Shartnoma:

  • ERI;
  • elektron imzo;
  • daktiloskopiya;
  • imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari orqali tasdiqlanishi mumkin.

Iste’molchi shartnomani tasdiqlamasa yoki belgilangan muddatda yubormasa, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.

Xizmat narxi va natijasi

Hisoblagichni plombalash va shartnomani rasmiylashtirish xizmati bepul.

Xizmat natijasida:

  • suv hisoblagichi plombalanadi;
  • plombalash dalolatnomasi rasmiylashtiriladi;
  • suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash xizmatlari bo‘yicha shartnoma tuziladi.

Suvni etkazib berish va oqova suvlarni qabul qilish iste’molchi shartnomada nazarda tutilgan oldindan to‘lovni amalga oshirgan kuni boshlanadi.

Chat