Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12180 marta o'qildi

Sovuq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) echish va o‘rnatishga ariza yuborish

  • Bu qanday ishlaydi?
  1. Talabgor YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda, arizani to‘ldirib vakolatli organga yuboradi.
  2. Suv ta’minoti korxonasi 5 ish kun mobaynida talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasini echib olishi va/yoki o‘rnatib berishi va tamg‘alashi kerak. Hamda dalolatnomaning bir nusxasini talabgorda qoldirishi kerak.
  • Tashkilot
  1. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
  2. Toshkent shahar “Suvsoz” davlat unitar korxonasi
  • Bog‘lanish: Call-markaz - 1255
  • Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar
  • Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Talab etilmaydi
  • Xizmatni ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni mobaynida
  • Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi "Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) echish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 698-son qarori
  • Xizmat narxi: Bepul.
Chat