Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7141 marta o'qildi

Direktor lavozimi nazarda tutilmaydigan, (80 nafargacha shaharlarda va ishchi shaharchalarida 100 nafargacha) o‘quvchi bo‘lgan kechki (navbatli) o‘rta umumta’lim maktablarida, etti yillik musiqa maktablarida hamda badiiy maktablarda, boshlang‘ich maktablarda maktabga (sinflarga) rahbarlik uchun, kunduzgi umumta’lim maktablari huzuridagi o‘qitishning kunduzgi-sirtqi shakllaridagi sinflarga rahbarlik uchun o‘qituvchilardan bittasiga qo‘shimcha haq miqdorlari


  • O‘quvchilar soni 150 dan 200 nafargacha bo‘lgan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi belgilanmaydigan etti yillik musiqa maktablari va badiiy maktablarda o‘quv ishlariga rahbarlik qiluvchi o‘qituvchiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,3 foizi miqdoricha qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Umumta’lim maktabi direktorining (direktor lavozimi nazarda tutilmagan boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining) lavozim maoshiga maktab huzuridagi internatga mudirlik qilganligi uchun tarbiyalanuvchilar soniga qarab:

  • tarbiyalanuvchilar 20 nafargacha bo‘lsa — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining — 3,6 foizi miqdorida;
  • 21 dan 40 nafargacha bo‘lsa — 5,3 foizi miqdorida;
  • 41 dan 75 nafargacha bo‘lsa — 7,1 foizi miqdorida;
  • 76 dan 120 nafargacha bo‘lsa — 8,8 foizi miqdorida qo‘shimcha haq belgilanadi.

  • Bo‘limga rahbarlik qiluvchi (bo‘limning ixtiyorida bir ixtisoslikdagi kamida 10 ta to‘garak mavjud bo‘lsa) maktabdan tashqari muassasaning to‘garak rahbariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10,6 foizi miqdorida haq to‘lanadi. Bo‘limda mudir lavozimi mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.

Maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlar, o‘rta maxsus va hunar — texnika o‘quv yurtlari kutubxonachilariga yoki boshqa xodimlarga darsliklarning kutubxona fondi bilan shug‘ullanganliklari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Keyingi har bir 1500 nusxa darsliklar uchun 5 foiz, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10,6 foizidan miqdorda ko‘p bo‘lmagan qo‘shimcha haq to‘lanadi.

  • Kunduzgi o‘rta maktablarning ayni bir vaqtda kechki (navbatli) umumta’lim maktablarining fizika va kimyo kabinetlari laboranti vazifasini bajaruvchi laborantlariga, agar kechki (navbatli) o‘rta umumta’lim maktablarida 10 va undan ortiq sinf mavjud bo‘lishi hamda shtatda laborant lavozimi nazarda tutilgan bo‘lishi sharti bilan har bir kabinet uchun har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,6 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Chat