Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13159 marta o'qildi

"Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati" Qontseptsiyasiga ko‘ra, quyidagilar xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar hisoblanadi:

  • O‘zbekiston hududidan tashqarida doimo istiqomat qiladigan yoki ta’lim olish, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish, oilaviy sabablar va boshqa sharoitlardan kelib chiqib vaqtinchalik chet elda yurgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
  • xorijga chiqqan va chet el fuqaroligini olgan, Vataniga ma’naviy va madaniy nuqtai nazardan mansublikni his qilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan madaniy-gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa aloqalarni rivojlantirishga harakat qilayotgan O‘zbekistondan chiqib ketgan shaxslar va ularning avlodlari;
  • etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtai nazardan o‘zini o‘zbeklar yoki qoraqalpoqlar sifatida identifikatsiya qilgan hamda O‘zbekiston bilan har tomonlama aloqada bo‘lish xohishida bo‘lgan xorijda istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.

O‘z tashabbuslari orqali tashkil etilgan hamda vatandoshlarning manfaatlarini ifoda etadigan va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan printsiplari, normalariga, istiqomat qilayotgan mamlakatning va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, o‘zining nizomiga asoslanib faoliyat olib boradigan jamoaviy madaniy va milliy markazlar, assotsiatsiyalar, talabalar jamiyatlari, maktablar, fondlar va tadbirkorlik tuzilmalari vatandoshlar tashkilotlari deb tushuniladi.

Chat