Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6487 marta o'qildi

Prokuratura, tergov va surishtiruv organlaridan chiqadigan hujjatlar ajrim, xulosa, ayblov xulosalari va h.k hisoblanadilar. Ular horijga taqdim etilganda, apostilь qo‘yilishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konventsiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabrь) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2011-yil 5-iyuldagi PQ-1566-son qaroriga muvofiq davlat xizmati quyidagi organlar tomonidan ko‘rsatiladi:

  • prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Bosh prokuratura.

Rasmiy hujjatlarga elektron tarzda apostilь qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish SXEMASI

So‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun
  • ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida;
  • adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida;
  • boshqa hujjatlar bo‘yicha — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Murojaat etuvchi rasman murojaat etganidan so‘ng to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.

So‘rovnoma takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

Muddat: Vakolatli organdan tegishli hujjat kelib tushgan kunning o‘zida.

Chat