Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6168 marta o'qildi

Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1 yanvardan keyin O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga fan doktori va nomzodi ilmiy darajalari berilgani haqidagi hujjatlar, shuningdek, xorijiy davlatlarda falsafa doktori (PhD) va unga tenglashtirilgan ilmiy darajalar olinganligi haqidagi hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan nostrifikatsiyalanadi.

  • Ilmiy darajalar diplomlarini nostrifikatsiya qilish uchun taqdim etiladigan hujjatlar.

Fan doktori ilmiy darajasi haqidagi diplomni nostrifikatsiyalash muddati 3 oydan, fan nomzodi ilmiy darajasi, falsafa doktori (PhD) va unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlar ilmiy darajalari diplomlarini nostrifikatsiyalash muddati 2 oydan oshmasligi kerak.

Xorijiy davlatlarda berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlarni tan olish va ekvivalentligini qayd etish uchun BHMning 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Chat