Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9258 marta o'qildi



Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma’naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi atroflicha muhokama qilindi. 

Xususan, tegishli mutasaddi tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, to‘y va oilaviy marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha ilgari belgilangan cheklovlar yumshatilib, shu yilning 2021 yil  20 sentyabridan to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiena talablariga qatьiy rioya etgan holda o‘tkazilishiga ruxsat berildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Chat