Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 18497 marta o'qildi

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangan. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqiga ega. Dinniy qarashlarni majburan singdirish mumkin emas.


Diniy tashkilot — fuqarolarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, birgalikda dinga e’tiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarish maqsadida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan ko‘ngilli birlashmasi (mahalliy diniy tashkilot, diniy ta’lim muassasasi va diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organi)

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, dinga munosabatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir.
  • Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va dinga e’tiqod qilish erkinligi huquqidan foydalanadi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Rasmiy hujjatlarda fuqarolarning dinga nisbatan munosabatini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

  • Fuqarolarning huquqlarini ularning dinga munosabatiga qarab har qanday tarzda cheklash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ustunliklar belgilash, ularning diniy yoki ateistik e’tiqodi bilan bog‘liq holda fuqarolarda adovat va nafrat uyg‘otish yoxud ularning his-tuyg‘ularini haqoratlash, xuddi shuningdek muqaddas diniy e’tiqod ob’ektlarini tahqirlash qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan hech kim o‘z diniy e’tiqodlarini sabab qilib bo‘yin tovlashi mumkin emas. Diniy e’tiqodlarini sabab qilib, bir majburiyatni bajarishni boshqasiga almashtirishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.

  • Bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biror-bir ustunliklar yoki cheklovlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
  1. Diniy tashkilotni tashkil etish.
  2. Diniy tashkilot quyidagi huquqlarga ega.

Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

  • Markaziy boshqaruv organlarini va diniy ta’lim muassasalarini ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, mahalliy diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish esa tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.(Hujjatlar).
  • Diniy tashkilotning faoliyatini to‘xtatib turish.
Chat