Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12019 marta o'qildi

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi.

Fondning asosiy vazifalari:
  • og‘ir vaziyatga tushgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni aniqlash va ularga manzilli ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini tashkil etish va moliyalashtirish;
  • bolalarning hayoti uchun xavf soluvchi og‘ir, surunkali hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va ularni respublikada yoki zarur hollarda xorijiy davlatlarda davolash uchun tibbiy, ijtimoiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha mexanizmlarini joriy etish;
  • ehtiyojmand oilalarning farzandlari hamda imkoniyati cheklangan bolalarni bepul dori vositalari, tibbiy va protez-ortopedik buyumlar bilan ta’minlash;
  • jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ta’lim olishlarida ko‘maklashish, shu jumladan maxsus o‘quv adabiyotlar va o‘quv qurollari bilan ta’minlash;
  • nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish, ularga qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar o‘rgatish va ularni uy sharoitida o‘zini o‘zi band qilishi uchun asbob-uskunalar bilan ta’minlash;
  • og‘ir tashxisli kasalliklari bo‘lgan bolalarni parvarish qilayotgan kam ta’minlangan oilalarni homiylikka olish;
  • nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga, shu jumladan ularga yuqori texnologik ixtisoslashgan reabilitatsion yordam ko‘rsatishga doir tadbirlarni tashkil etish va moliyalashtirish.

Fondini shakllantirish manbalari:
  • Davlat byudjeti hisobidan 2021-2022-yillarda mablag‘larni amalda o‘zlashtirilishiga qarab 100 milliard so‘m miqdoridagi beg‘araz moliyaviy yordam;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari;
  • davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, chet davlatlar ajratadigan grantlar;
  • kraudfanding mexanizmlari orqali kelib tushgan mablag‘lar;
  • vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

  • Fondga homiylik qilingan mablag‘lar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
  • Fond soliqlarning barcha turlaridan ozod etiladi (ijtimoiy soliq bundan mustasno).

2024-yil 1 yanvarga qadar davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha Bolalar jamoat fondi tomonidan olib kelinadigan dori vositalari, tibbiyot uskunalari va protezlash vositalari bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi.

Chat