Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9199 marta o'qildi

Xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’limning ilmiy asoslarini yaratish maqsadida 2021-yil 1 sentyabrdan boshlab:

  • malaka toifasini berish va saqlab qolish bo‘yicha maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi;
  • uzrli sabablarga ko‘ra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tili va boshqalar) attestatsiyadan o‘tmagan pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga 1 yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi va mazkur davr mobaynida ularning malaka toifasi saqlab qolinadi (o‘z tashabbusiga ko‘ra attestatsiyadan o‘tmoqchi bo‘lgan pedagog kadrlar bundan mustasno).

Quyidagilar belgilandi:
  • pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari, A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti hamda hududiy markazlarda joriy etiladigan pedagogik tayyorgarlik modullari bo‘yicha bakalavriatning so‘nggi ikki bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishga qabul qilinadi;
  • modullar bo‘yicha o‘qitish talabalarning oliy ta’lim muassasasida tahsil olishdan bo‘sh bo‘lgan vaqtida Xalq ta’limi vazirligining granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda, Xalq ta’limi vazirligining granti ehtiyoj yuqori bo‘lgan pedagogik mutaxassisliklar bo‘yicha vazirlikning byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ajratiladi;
  • modullarni Xalq ta’limi vazirligining granti asosida o‘zlashtirgan talabalar oliy ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng 2 yildan kam bo‘lmagan muddatga ishlab berish uchun vazirlik tomonidan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga taqsimlanadi;
  • modullarni o‘zlashtirganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega shaxslarga oliy ta’lim tashkilotida o‘qishni bitirganidan so‘ng qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan mutaxassisligiga oid fanlardan umumiy o‘rta va professional ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

Chat