Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17651 marta o'qildi

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat — Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida Milliy gvardiya orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat.

Nomzodlarni saralash bosqichlari:
  • nomzodni dastlabki o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik sinovi, suhbat);
  • jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
  • psixologik o‘rganish (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash);
  • tibbiy ko‘rik;
  • maxsus tekshiruv.

Saralashda O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus (boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus professional) yoxud oliy ma’lumotga ega bo‘lgan quyidagi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin:     

  • 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;
  • muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;
  • rezervdagi va zaxiradagi 40 yoshgacha bo‘lgan ofitserlar.

Bunda, erkak jinsidagi nomzod O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (o‘tayotgan) yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni o‘tagan yoxud oliy ta’lim muassasalari harbiy tayyorgarlik kurslarida o‘qishni tugatgan bo‘lishi, shuningdek harbiy ro‘yxatda turgan bo‘lishi kerak.

Nomzod bo‘yining balandligi bo‘yicha talablari:
  • erkak jinsidagi nomzodning bo‘yi — 178 santimetrdan past bo‘lmasligi kerak;
  • ayol jinsidagi nomzodning bo‘yi — 170 santimetrdan past bo‘lmasligi kerak.

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro doimiy yashash joyidagi Milliy gvardiya bo‘linmasiga ariza bilan murojaat qiladi. Vaqtincha yashash joyi bo‘yicha tahsil olayotgan yoki rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar ushbu hududdagi Milliy gvardiya bo‘linmasiga murojaat qilishlari mumkin.

O‘rganish komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etiladi:
  • pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
  • tug‘ilganlik haqida guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
  • anketa-ma’lumotnoma;
  • umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus (boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus professional) yoxud oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (asli ko‘rsatilgan holda);
  • erkak jinsidagi nomzodlar uchun harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi).

Hujjatlar to‘liq va ulardagi ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lgan hollarda nomzod shu vaqtning o‘zida jismoniy tayyorgarlik sinovidan o‘tkaziladi. Jismoniy tayyorgarlik sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod suhbatga kiritiladi.

Chat