Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16528 marta o'qildi

Avtomobilь transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Litsenziya quyidagi faoliyat turlari uchun beriladi:
  • yo‘lovchilarni shaharda avtobuslarda tashish;
  • yo‘lovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish;
  • yo‘lovchilarni shaharda engil avtomobillarda tashish;
  • yo‘lovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish;
  • yo‘lovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish;
  • yo‘lovchilarni shahar atrofida engil avtomobillarda tashish;
  • yo‘lovchilarni shaharlararo avtobuslarda tashish;
  • yo‘lovchilarni shaharlararo mikroavtobuslarda tashish;
  • yo‘lovchilarni shaharlararo engil avtomobillarda tashish;
  • yo‘lovchilarni xalqaro avtobuslarda tashish;
  • yo‘lovchilarni xalqaro mikroavtobuslarda tashish;
  • yo‘lovchilarni xalqaro engil avtomobillarda tashish;
  • yuklarni avtomobilь transportida shaharda va shahar atrofida tashish;
  • yuklarni avtomobilь transportida shaharlararo tashish;
  • yuklarni avtomobilь transportida xalqaro tashish.

Litsenziat litsenziyalovchi organga murojaat qilganda bir ariza bilan litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya turlarining bir necha qismini olish huquqiga ega.

  • Avtomobilь transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari.
  • Litsenziya olish uchun ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga taqdim etadigan ma’lumotlar.

Avtomobilь transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqini beruvchi litsenziya namunasi.

2022-yil 1 sentyabrdan 2024 yil oxiriga qadar shunday tartib joriy etildi:

  • yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari 4 ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan engil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritildi;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘lovchilarni engil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi;
  • litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi;
  • yo‘lovchilarni engil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shug‘ullanadigan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart;
  • o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar «Uztrans» axborot tizimi bazasiga kiritilgan ko‘p tarmoqli poliklinikalar va xususiy tibbiyot muassasalari orqali bir yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart;
  • yo‘nalishsiz taksi faoliyati uchun litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji barcha turdagi tashuvchilardan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi;
  • yo‘nalishsiz taksi xizmati faoliyatiga ruxsat beruvchi litsenziya varaqalarida faoliyat hududi aks ettiriladi;
  • o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilarning avtomobilь transporti tom qismiga «TAXI» tanish belgili to‘qsariq rangli fonarь o‘rnatiladi;
  • boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band bo‘lgan shaxslar bir vaqtning o‘zida yo‘lovchilarni engil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda shug‘ullanishlari mumkin
Chat