Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5263 marta o'qildi

1,2 MPa bosimdan yuqori bo‘lmagan gaz tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish

Bu qanday ishlaydi?

  1. Talabgor ariza yuborish uchun DXM o‘zi kelib murojaat qilishi yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tish va so‘rovnomani to‘ldirishi kerak. Hamda davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lash kerak.
  2. Uch ish kun moybaynida HGTT texnik shartlarni ishlab chiqishi va Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YaIDXP orqali (elektron tarzda murojaat qilinganda) yuborishi kerak.
  3. HGTT talabgorga loyihalash, qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini berish huquqi ega.

Tashkilot: «Hududgazta’minot» AJ

Bog‘lanish: Call-center - 1104

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslarga.

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Onlayn ariza.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida.

Xizmat narxi: BHMning 9% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 10%).

Yagona portal orqali topshirilganda miqdori: Yig‘im - 0.09 BHM

Chat