Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) echish va o‘rnatishga ariza yuborish
Bu qanday ishlaydi?
- Ariza beruvchi YaIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.
- HGTT talabgor bilan kelishilgan vaqtda, uning ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzgan holda hisobga olish uskunasi echib olinadi.
- HGTT talabgor bilan kelishilgan vaqtda so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga borib, hisobga olish uskunasini o‘rnatib berish va uch nusxada tegishli dalolatnoma tuzgan holda tamg‘alash, dalolatnomaning bir nusxasini talabgorda qoldirish.
Tashkilot: «Hududgazta’minot» AJ
Bog‘lanish: Call tsentr: 1104
Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy va yuridik shaxslar
Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Talab etilmaydi
Xizmatni ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni mobaynida
Xizmat narxi: Bepul