Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6253 marta o'qildi

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi.


Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi 1 ta tashkilotdagi ishga kirgan va ishdan bo‘shaganligi bo‘yicha yozuvlarni tasdiqlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 barobari miqdorida yig‘im undiriladi.

  • Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
  • Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.

Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida, YaIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda tegishli davlat arxiviga elektron shaklda yuboriladi.

Tegishli davlat arxivi so‘rovnoma tushgan vaqtdan boshlab yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashga oid ma’lumotnomalar uchun 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli (matrik shtrixli kod) ma’lumotnomani shakllantiradi hamda (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali elektron shaklda ariza beruvchiga yuboradi. Bunda to‘langan yig‘im, agar mavjud bo‘lsa, bank xizmati to‘lovini ayirgan holda, so‘rovnomani qabul qilgan arxivdan so‘rovnomani bajargan arxivga o‘tkaziladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha sxema.

Chat