«Yoshlar daftari» — ijtimoiy va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji hamda ishtiyoqi bo‘lgan yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazorat qilish tizimi.
«Yoshlar daftari»ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, ya’ni 31 yoshga to‘lmagan quyidagi shaxslar kiritiladi:
Muhim: faqat ishsiz bo‘lish yoki yosh tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish shaxsni avtomatik ravishda «Yoshlar daftari»ga kiritish uchun etarli asos hisoblanmaydi. Amaldagi mezonlar Ijtimoiy reestr va yordam turiga bog‘liq.
«Yoshlar daftari»ga kiritish va tegishli ijtimoiy yordamni ajratish uchun:
Ariza doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan joydagi yoxud haqiqatan yashab turgan mahalladagi yoshlar etakchisiga yuboriladi.
Yoshlar etakchisi murojaatni o‘rganib, uni «mahalla ettiligi»ga kiritadi. «Mahalla ettiligi» murojaat va ilova qilingan hujjatlarni, qoida tariqasida, besh ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.
Qaror va uning natijasi to‘g‘risida ariza beruvchiga elektron tarzda xabar beriladi.
2026-yil 1 fevraldan ayrim ijtimoiy yordamlar Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalardagi yoshlarga ijtimoiy shartnoma asosida taqdim etiladi.
Shartnomada yoshning:
Ijtimoiy shartnoma shartlarining bajarilishi Yoshlar yagona elektron platformasi orqali monitoring qilinadi. Shartlar bajarilmasa, yordam miqdori kamaytirilishi yoki to‘lov to‘xtatilishi mumkin.
E’tibor bering: «Yoshlar daftari»ga kiritishning o‘zi pul yoki subsidiya avtomatik ravishda berilishini anglatmaydi. Har bir yordam turi uchun belgilangan alohida talablar bajarilishi kerak.