Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 19760 marta o'qildi

Ta’lim krediti: yangiliklar va o‘zgarishlar - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy  bankining moliyaviy savodxonlik bo‘yicha axborot-ta’lim veb-sayti

Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun talabalarning o‘zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga beriladi.

  • Ta’lim kreditlari bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalari, xususiy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga kontrakt to‘lovlari uchun ta’lim kredit ajratiladi!

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi (grade point average):

  • «3» dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit to‘lov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi;
  • «3» va undan yuqori bo‘lgan taqdirda va (yoki) «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.

Joriy o‘quv yili uchun ta’lim kreditini olmoqchi bo‘lgan talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi (grade point average) avvalgi o‘quv yili yakuni bo‘yicha «Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish» (NEMIS) axborot tizimidan olinadi.

Talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi (grade point average) ko‘rsatkichi va tegishli ma’lumotlari «Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish» (NEMIS) axborot tizimi, to‘lov-kontrakt to‘g‘risidagi ma’lumotlari esa «Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish» (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Bunda nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining to‘lov-kontrakt to‘g‘risidagi ma’lumotlari ularning axborot tizimlarini «Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish» (kontrakt.edu.uz) axborot tizimiga integratsiya qilish yoki mazkur axborot tizimidan foydalanish orqali shakllantiriladi.

Ta’lim kreditini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
  • ta’lim kreditini olish uchun ariza;
  • talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma (kontrakt);
  • kreditni qaytarishning ta’minlanishi to‘g‘risida hujjat (masalan, jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolati, mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi, kreditning qaytarilmasligi xavfini sug‘urtalash haqidagi sug‘urta polisi);
  • «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma («Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
  • bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot va hujjatlar.

Chat