Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20806 marta o'qildi

Hududlarda turizm qanday rivojlantiriladi?

Har yili hududlarda keyingi yil uchun turizmni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqiladi.

Ularda:

  • mahalliy va xorijiy turistlar oqimini oshirish;
  • yangi turistik yo‘nalishlarni yaratish;
  • yo‘l va transport infratuzilmasini yaxshilash;
  • joylashtirish vositalarini ko‘paytirish;
  • turistik ob’ektlarda navigatsiya va axborot tizimlarini rivojlantirish;
  • turistlar xavfsizligini ta’minlash kabi choralar nazarda tutiladi.

Turistik hududlar qanday rivojlantirilmoqda?

2026-yildan turistik hududlarni loyiha asosida kompleks rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Turizm ob’ektlari uchun master-rejalar ishlab chiqish, turistik klasterlarni shakllantirish va ziyorat ob’ektlari atrofida yagona dizayn-kod hamda zonalashtirish talablarini joriy etish belgilangan.

Tadbirkorlarga qanday qo‘llab-quvvatlash beriladi?

2026-yil 1 sentyabrdan Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir qator yangi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi.

Jumladan:

  • xorijiy turoperatorlar vakillarini O‘zbekistonga taklif qilish bilan bog‘liq transport, joylashtirish va ovqatlanish xarajatlarining bir qismi qoplanadi;
  • mahalliy turoperatorlarning xorijda o‘tkazadigan targ‘ibot tadbirlari xarajatlarining 25 foizigacha, biroq 500 million so‘mdan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi;
  • xususiy tadbirkorlar tashkil etadigan madaniy-ko‘ngilochar va kontsert tadbirlarini moliyalashtirish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari qo‘llaniladi.

Eslatma: mazkur yangi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari 2026-yil 1 sentyabrdan amalga kiritiladi.

Normativ hujjatlar

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 15.05.2025-yildagi PF-87-son.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.11.2025-yildagi PQ-348-son.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.04.2026-yildagi PQ-161-son.

 

Chat