
Gaz ta’minoti loyihasini hududiy gaz ta’minoti korxonasi bilan kelishish
Bu qanday ishlaydi?
- Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan so‘ng YaIDXPda so‘rovnomani to‘ldiradi va o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi, gaz ta’minoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno.
- Loyihalash tashkiloti so‘rovnomaga gaz ta’minoti loyihasi elektron shaklda ilova qiladi..
- Gaz ta’minoti korxonasi gaz ta’minoti loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
- Gaz ta’minoti loyihasini kelishish uni gaz ta’minoti korxonasining ERI bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi va kelishilgan gaz ta’minoti loyihasini YaIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuboradi.
Tashkilot: «Hududgazta’minot» AJ
Bog‘lanish: Call markaz: 1104
Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy va yuridik shaxslar
Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Gaz ta’minoti loyihasi elektron shaklda.
Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida
Xizmat narxi: Bepul