Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15182 marta o'qildi

Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining summasi jismoniy shaxslarning jami daromadiga qo‘shiladi hamda pensiya va nafaqalar to‘lanadigan tartib va muddatlarda to‘lanadi.

Pensiya yoki nafaqa olmaydigan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga kompensatsiya puli 2022-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali pensiya va nafaqa to‘lanadigan muddatlarda to‘lanadi.

2022-yil 1-martdan boshlab:

a) kompensatsiya to‘lovi, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’i nazar to‘lab boriladi;

b) ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etiladi.

Bunda, ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslar uchun har oylik kompensatsiya to‘lovi — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida to‘lanadi;

v) yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Bunda, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali respublika byudjeti va Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Imtiyozli shaxslar toifasi va kompensatsiya pul to‘lovlari miqdorlari:

1) pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to‘lovlari;

a) 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar. Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar doirasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1 va 2-son ilovalarida belgilangan;

b) o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;

v) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va «Slava» ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar;

g) fashist kontslagerlarining sobiq voyaga etmagan mahbuslari;

d) Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar;

e) ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironlari;

j) Chernobilь halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar;

z) yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.

2) 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslardan tashqari, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to‘lovlari oluvchilari hisoblanadi;

3) pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 25 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to‘lovlari oluvchilari deb 1941 — 1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilari hisoblanadi.

Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga kompensatsiya uni olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilgan holda kompensatsiya tayinlash to‘g‘risida ariza topshirilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan tayinlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari jami daromad tarkibiga kiritilmaydi va ish haqi (pensiyalar, nafaqa) to‘lanadigan muddatlarda to‘lanadi. Bunda, kompensatsiyalar har oyda korxona shtatida turgan har bir xodimga ish joyida, pensionerlarga va nafaqa oladigan nogironligi bo‘lgan bolalar hamda nafaqa oladigan pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan, mehnatga qobiliyatsiz keksa fuqarolarga — pensiya (nafaqa) olish joyida to‘lanadi.

Kompensatsiyalar quyidagi tartibda to‘lanadi:

  • pensionerlar va ijtimoiy nafaqalar oluvchilarga — pensiya (ijtimoiy nafaqa) to‘lash bilan bir vaqtda;
  • ishlaydigan fuqarolarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan pensiya oluvchi ishlaydigan pensionerlarga ish haqini to‘lash muddatlarida.

Tayinlangan kompensatsiyani to‘lash qo‘yidagi hollarda to‘xtatiladi

Chat