Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 21833 marta o'qildi

Shaxsiy huquq va erkinliklar

Har bir bolaning yashash huquqi ajralmas huquq hisoblanadi. Davlat bolaning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qiladi.

Bola:

  • shaxsiy daxlsizlik;
  • erkinlik;
  • shaxsiy va oilaviy sir;
  • yozishmalar, telefon so‘zlashuvlari va boshqa xabarlar sir saqlanishi;
  • o‘z fikrini bildirish;
  • sud orqali himoyalanish huquqiga ega.

Bolani qonunga xilof ravishda ushlab turish, hibsga olish yoki erkinligini boshqacha tarzda cheklash mumkin emas.

Ta’lim olish kafolati

Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.

Bolaga nisbatan ta’lim olish imkoniyatini asossiz cheklash, uni majburiy mehnatga jalb etish yoki o‘qishdan chetlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Zo‘ravonlikdan himoyalanish

Bolalarga nisbatan:

  • jismoniy zo‘ravonlik;
  • jinsiy zo‘ravonlik;
  • ruhiy zo‘ravonlik;
  • g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik;
  • ekspluatatsiya qilish;
  • ta’qib etish — bulling taqiqlanadi.

Zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki zo‘ravonlik xavfi ostidagi bolaga ijtimoiy, psixologik, tibbiy va huquqiy yordam ko‘rsatiladi. Zarur hollarda bolani himoya qilish rejasi ishlab chiqiladi va ichki ishlar organi tomonidan 30 kungacha himoya orderi berilishi mumkin.

Himoya orderi zo‘ravonlik fakti yoki uni sodir etish tahdidi aniqlangan paytdan boshlab 24 soat ichida rasmiylashtiriladi.

Shoshilinch xavf mavjud bo‘lsa, 102 raqami orqali ichki ishlar organiga murojaat qilish lozim.

Mazkur kafolatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun va «Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan.

Chat