Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 32863 marta o'qildi

Xotin-qizlarga tadbirkorlik qilishi


 

«Ayollar daftari»ga kiritilgan tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, to‘qimachilik, pazandachilik, soch turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi (motokulьtivator, o‘t o‘rish o‘roq mashinasi, payvandlash apparati, o‘simliklarga ishlov berish qurilmasi) va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 10 million so‘mgacha Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki 10 million so‘mgacha «Ayollar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan «mahalla ettiligi»ning kollegial qarori asosida «Ayollar daftari» jamg‘armasi Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq subsidiya ajratiladi.

  • «Ayollar daftari» jamg‘armasi orqali asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish maqsadida subsidiya ajratish uchun ariza beruvchi mahalladagi xotin-qizlar faoliga murojaat qiladi (arizada fuqaro o‘z faoliyatini boshlashi uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskuna, mehnat qurollarining nomi va turi, soni, taxminiy xarid narxi va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim).
  • Ariza beruvchining qolgan barcha ma’lumotlari axborot tizimi orqali inson omilisiz aniqlab olinadi.

«Mahalla ettiligi» tomonidan fuqaroning murojaati 3 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘rganib chiqiladi hamda «mahalla ettiligi»ning subsidiya ajratish to‘g‘risidagi kollegial qarori qabul qilinadi va 1 ish kuni ichida Vasiylik kengashiga taqdim etadi.

  • Arizani ko‘rib chiqish natijasida hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganligi yoki unda kamchiliklar mavjudligi yoxud yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilganligi aniqlangan taqdirda, murojaat qiluvchiga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabar beriladi.

Vasiylik kengashining ishchi organi — Oila va xotin-qizlar bo‘limi Vasiylik kengashi qarori rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimi orqali qarorda ko‘rsatilgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini belgilangan tartibda xarid qilish choralarini ko‘radi.

  • Buyurtma asosida asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollari etkazib berilganda, bu haqda Vasiylik kengashining ishchi organi qabul qilib olgan kundan boshlab 1 ish kunidan kechiktirmay «mahalla ettiligi» orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
  • Tegishli asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollari ariza beruvchiga «mahalla ettiligi» va ariza beruvchi o‘rtasida tuziladigan dalolatnoma asosida topshiriladi. Dalolatnomada ariza beruvchiga taqdim etilayotgan asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollarining xususiyatidan kelib chiqib nomi, turi, markasi, kafolat muddati, xarid qilingan narxi va vaqti ko‘rsatilishi kerak.

Ariza beruvchiga ajratilgan subsidiya asosida xarid qilingan asbob-uskuna yoki mehnat qurollaridan samarali va maqsadli foydalanayotganligi, ularning texnik holati sozligi «mahalla ettiligi» tomonidan o‘rganiladi.

Chat