«Ayollar daftari»ga kiritilgan tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, to‘qimachilik, pazandachilik, soch turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi (motokulьtivator, o‘t o‘rish o‘roq mashinasi, payvandlash apparati, o‘simliklarga ishlov berish qurilmasi) va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki 10 million so‘mgacha «Ayollar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan «Ayollar daftari» jamg‘armasi Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq subsidiya ajratiladi.
Vasiylik kengashi tomonidan fuqaroning murojaatini 3 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘rganib chiqiladi hamda hokim yordamchisi tavsiyasi asosida subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Vasiylik kengashi qarorida asbob-uskuna, mehnat qurollarining nomi va ularni xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya miqdori ko‘rsatiladi.
Vasiylik kengashining ishchi organi — Oila va xotin-qizlar bo‘limi Vasiylik kengashi qarori rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimi orqali qarorda ko‘rsatilgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini belgilangan tartibda xarid qilish choralarini ko‘radi.
Ariza beruvchiga ajratilgan subsidiya asosida xarid qilingan asbob-uskuna yoki mehnat qurollaridan samarali foydalanilayotganligi, ularning texnik holati sozligi kafolat muddati davomida sektor shtabi kotibi tomonidan o‘rganiladi.