Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9650 marta o'qildi

Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat hamda fuqarolarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari «xonadonbay» hamda ularning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha fuqarolar yig‘inlari raislari va xotin-qizlar faollari tomonidan turar joy uchun ijara kompensatsiyasini to‘lab berish bo‘yicha talabnomalar shakllantiriladi.

  • «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasi mazkur talabnomalar hamda sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining xulosasi asosida belgilangan tartibda to‘lab beriladi. 
  • Bunda:
  1. turar joy ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma uch tomonlama — ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi o‘rtasida tegishli yilning so‘nggi kunigacha bo‘lgan muddatga tuziladi;
  2. turar joy ijarasi uchun to‘lovlarning 50 foizi, lekin ko‘pi bilan 500 ming so‘mgacha bo‘lgan qismi «Ayollar daftari» jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Turar joy ijarasi uchun to‘lovlar ijaraga beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lanadi.

  • «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning birga yashaydigan oila a’zolari boshqa dasturlar doirasida, homiylik yoki boshqa mablag‘lar hisobidan uy-joy bilan ta’minlangan yoxud uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ijtimoiy yordam (ko‘mak) olgan yoki imtiyozlardan foydalangan xotin-qizlarga Nizom asosida turar joy ijara kompensatsiyasi ajratilmaydi.
  • Turar joy ijara kompensatsiyasi to‘lab turilgan davrda uy-joy bilan ta’minlangan yoki ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlarga yangi turar joyga ko‘chib o‘tgan oydan boshlab keyingi oyning birinchi sanasidan turar joy ijara kompensatsiyasi to‘xtatiladi. Mazkur tartib ajratilgan turar joy yashash uchun sharoiti mavjud bo‘lgan holda xotin-qizlar tomonidan ko‘chib o‘tish rad etilgan taqdirda ham qo‘llaniladi.

«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan joylashtirilishi yoki homiylar tomonidan mulk huquqi asosida uy-joy bilan ta’minlanishi mumkin.

  • Ko‘rsatilgan imtiyozlardan foydalanish uchun xotin-qizlarga ijtimoiy kontrakt asosida kasb o‘rganish, mehnat qilish imkoniga ega bo‘lsa, mustaqil yoki aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi asosida ishga joylashish bo‘yicha ijtimoiy majburiyatlar yuklanadi.

  • Sektorlar ishchi guruhlari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyi holati o‘rganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda ta’mirlash yoki qurilish materiallarini olib berish bo‘yicha smeta ishlab chiqilib, «Ayollar daftari» jamg‘armasi Vasiylik kengashiga kiritiladi.
  • Har bir uy-joyni ta’mirlash ishlariga «Ayollar daftari» jamg‘armasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda mablag‘ ajratiladi.
  • Vasiylik kengashi tomonidan ta’mirlash smetasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, mablag‘ ajratiladi hamda qurilish tashkilotiga (pudratchiga) yoki qurilish materiallari etkazib beruvchi korxonaga o‘tkazib beriladi.
  • Bunda qurilish tashkilotga (pudratchi) yoki qurilish materiallari etkazib beruvchi korxona davlat xaridlarining elektron tizimi orqali aniqlanadi.
  • Sektorlar rahbarlari tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari bilan birgalikda mablag‘ ajratilgan vaqtdan boshlab ta’mirlash ishlari sifatli bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi.
Chat