Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10027 marta o'qildi

Issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish

Issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish

Bu qanday ishlaydi?
1. Talabgor ariza yuborish uchun DXM o‘zi kelib murojaat qilishi yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tish va so‘rovnomani to‘ldirishi kerak. Hamda davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘laydi.
2. Issiqlik ta’minoti korxonasi so‘rovnoma tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida joyning o‘ziga chiqib issiqlik energiyasini hisobga olish priborini plombalashni amalga oshiradi.
3. Issiqlik ta’minoti korxonasi issiqlik energiyasini hisobga olish asbobi plombalangan kunning o‘zida Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YaIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) plombalash o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan rasmiylashtirilgan elektr ta’minoti shartnomasini elektron shaklda yuboradi. Bir vaqtning o‘zida issiqlik ta’minoti korxonasi hisobga olish tizimini plombalash kunida Dalolatnomani rasmiylashtiradi va Dalolatnoma rasmiylashtirilganidan keyingi soat mobaynida uni imzolash sanasini «O‘zenergoinspektsiya», qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari bilan YaIDXP orqali kelishadi.
4. Iste’molchi rasmiylashtirilgan issiqlik ta’minoti shartnomasi tushganidan so‘ng besh ish kuni mobaynida uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi.
5. Iste’molchi tomonidan tasdiqlangan issiqlik ta’minoti shartnomasi issiqlik ta’minoti korxonasiga Davlat xizmatlari markazi tomonidan (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchi tomonidan YaIDXP orqali (elektron shaklda murojaat qilinganda) yuboriladi.
6. Issiqlik energiyasini etkazib berish issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
qonun hujjatlarida oldindan to‘lovni amalga oshirishi nazarda tutilgan iste’molchilar uchun — iste’molchi tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirilgan kuni;
qonun hujjatlarida oldindan to‘lovni amalga oshirishi nazarda tutilmagan iste’molchilar uchun — iste’molchi tomonidan tasdiqlangan shartnoma olingan kuni.

Tashkilot:
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 
«Toshissiqquvvati» DUK

Bog‘lanish:
Toshkent shahri uchun «Toshissiqquvvati» DUK
ishonch telefoni: +998 (71) 245-44-58, +998 (71) 245-57-61
Qolgan xududlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
ishonch telefoni: +998 (71) 234-11-03

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Onlayn ariza.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida

Xizmat narxi: BHMning 9% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 10%).

Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma

Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma

Bu qanday ishlaydi?
1. Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlari iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirishga ruxsat berish uchun YaIDXPda tegishli xujjatlarni ilova qilib so‘rovnomani to‘ldirishi kerak. Hamda davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘laydi.
2. YaIDXP avtomatik tarzda so‘rovnomani iste’molchilarning issiqlikdan foydalanish qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirishga ruxsat berish uchun «O‘zdavenergonazorat» DIga yuboradi.
3. «O‘zdavenergonazorat» DI 5 ish kuni mobaynida:

  • Joyning o‘ziga chiqib qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari qonun hujjatlarida belgilangan talablar va texnik shartlarga muvofiqligini o‘rganadi, shuningdek, issiqlikdan foydalanish qurilmalarini soz holda saqlashga tayyorlangan issiqlik-texnik xodimlarning mavjudligini tekshiradi;
  • Issiqlikdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnoma beradi;
  • Issiqlikdan foydalanish qurilmalarini ishga tushirish uchun ruxsatnomani YaIDXP orqali qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish tashkilotlariga yuboradi.

Tashkilot: 
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
«Toshissiqquvvati» DUK

Bog‘lanish:

  • Toshkent shahri uchun «Toshissiqquvvati» DUK: ishonch telefoni: +998 (71) 245-44-58, +998 (71) 245-57-61
  • Qolgan xududlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi: ishonch telefoni: +998 (71) 234-11-03

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:

  1. Onlayn ariza;
  2. Issiqlik xo‘jaligi uchun javobgar shaxsni tayinlash to‘g‘risidagi buyruq nusxasi;
  3. Issiqlik punktining armatura raqamlari qo‘yilgan quvurlari va berkituvchi armaturalarning ijro (ko‘rgazmali) sxemasi, er osti ishlari dalolatnomalari;
  4. Issiqlikdan foydalanish qurilmalarining pasport nusxasi;
  5. Isitish tizimi, issiq suv ta’minoti tizimi va issiqlik tarmoqlarini yuvish; boshqarish bog‘lamasi, issiqlik kiritish va isitish tizimi zichlanganligi, soplolar yoki tegishli diametrdagi cheklovchi shaybalar o‘rnatilganligi haqidagi dalolatnomalar;
  6. Ishlab chiqarish xavfsizligi ekspertizasi xulosasi.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 5 ish kuni mobaynida

Xizmat narxi: BHMning 9% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 10%).

Issiqlik ta’minoti loyihasini issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishish

Issiqlik ta’minoti loyihasini issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishish

Bu qanday ishlaydi?

  1. Loyihalash tashkiloti loyihalash ishlarini amalga oshirganidan so‘ng YaIDXPda so‘rovnomani to‘ldiradi va o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi, issiqlik ta’minoti loyihasi binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlar qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish va kelishish jarayoni bilan bir vaqtda kelishiladigan holatlar bundan mustasno.
  2. Loyihalash tashkiloti so‘rovnomaga issiqlik ta’minoti loyihasi elektron shaklda ilova qiladi.
  3. Issiqlik ta’minoti korxonasi ushbu so‘rovnoma asosida, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda bir vaqtda ob’ektning zilzilaga bardoshliligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha loyihaviy echimlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 2-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnoma tushganidan so‘ng uch ish kuni mobaynida issiqlik ta’minoti loyihasini kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
  4. Issiqlik ta’minoti loyihasini kelishish uni issiqlik ta’minoti korxonasining ERI bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi va kelishilgan issiqlik ta’minoti loyihasini YaIDXP orqali loyihalash tashkilotiga yuboradi.

Tashkilot:
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
«Toshissiqquvvati» DUK

Bog‘lanish:
Toshkent shahri uchun «Toshissiqquvvati» DUK: ishonch telefoni: +998 (71) 245-44-58, +998 (71) 245-57-61
Qolgan xududlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi: ishonch telefoni: +998 (71) 234-11-03

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:

  • Onlayn ariza;
  • Issiqlik ta’minoti loyihasi elektron shaklda.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida

Xizmat narxi: BHMning 9% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 10%).

Issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish

Issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish

Bu qanday ishlaydi?

  1. Talabgor ariza yuborish uchun DXM o‘zi kelib murojaat qilishi yoki YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tish va so‘rovnomani to‘ldirishi kerak. Hamda davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘laydi.
  2. Issiqlik ta’minoti korxonasi uch ish kun moybaynida texnik shartlarni ishlab chiqishi va Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki iste’molchiga YaIDXP orqali (elektron tarzda murojaat qilinganda) yuborishi kerak.
  3. Issiqlik ta’minoti korxonasi talabgorga issiqlik ta’minoti korxonasi qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tijorat takliflarini hamda shartnomalar loyihalarini ham yuborishi mumkin.

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

Bog‘lanish: Toshkent shahri uchun «Toshissiqquvvati» DUK: ishonch telefoni: +998 (71) 245-44-58, +998 (71) 245-57-61
Qolgan xududlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi: ishonch telefoni: +998 (71) 234-11-03

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar

Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Onlayn ariza.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni mobaynida

Xizmat narxi: BHMning 9% (Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda BHMning 10%).

Yagona portal orqali topshirilganda miqdori: Yig‘im - 0.09 BHM.

Chat