Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7492 marta o'qildi

Gender strategiyasining asosiy maqsad va vazifalari

  • Gender strategiyasining asosiy maqsadi — irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligini ta’minlashdan iborat.

Gender strategiyasining asosiy vazifalari
  1. Gender strategiyasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
  2. xotin-qizlarning er va mulkka nisbatan egalik qilish imkoniyatlarini kengaytirish;
  3. jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-fan hamda sport munosabatlarida xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ishtirok etishlarini qo‘llab-quvvatlash, qaror qabul qilishda ularning etakchilik qilishlari uchun teng imkoniyatlarni yaratish;
  4. xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘liq salbiy qarashlarni o‘zgartirish;
  5. aholi bandligi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun kafolatlangan teng huquq hamda imkoniyatlarni, shuningdek, munosib ish o‘rinlarini yaratish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, xotin-qizlarning tijorat banklaridan kredit olishga bo‘lgan imkoniyatlarini kengaytirish;
  6. xotin-qizlar va erkaklarni butun umri davomida o‘qishga bo‘lgan imkoniyatlarini rag‘batlantirish, ularning oilani rejalashtirish borasidagi tibbiy madaniyatini oshirish va reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yuksaltirish;
  7. odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish, tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish, ularni aniqlash va barham berish bo‘yicha samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish;
  8. oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda barcha oila a’zolarining mas’ulligini oshirish, erta nikoh, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, erta tug‘ruq hamda oilaviy ajralishlarning oldini olish;
  9. gender tenglik tamoyillarini ilgari surishda, xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarini teng amalga oshirishda byudjetni rejalashtirish, gender masalalarini byudjet jarayonlariga integratsiyalash, gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish;
  10. gender tenglik, ayollar tadbirkorligi, xotin-qizlar va erkaklarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini baholovchi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  11. 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish milliy maqsadlariga erishishda parlament, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish;
  12. gender tenglik sohasidagi xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga mos bo‘lgan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Chat