Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7274 marta o'qildi

  • Gender jihatlarni hisobga olgan holda rejalashtirish va byudjetlashtirish sohasini rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
  1. ochiq va shaffof byudjet siyosatini amalga oshirish orqali xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi tengsizlikni kamaytirish, xotin-qizlar va erkaklarga manzilli davlat xizmatlari ko‘rsatish, ularning sifati va samaradorligini oshirish;
  2. xotin-qizlar va erkaklarga mo‘ljallangan resurslar hamda xizmatlarni taqsimlash bo‘yicha oldindan aniqlangan maqsadlarga ko‘ra davlat mablag‘laridan samaraliroq foydalanishni rag‘batlantirish;
  3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va mahalliy byudjet loyihalarini, ishlab chiqish jarayonida gender jihatlarni hisobga olgan holda ularni gender ekspertizasidan o‘tkazish, «Genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish»ni rejalashtirish hamda uni byudjetlashtirish jarayonlariga bosqichma-bosqich joriy etish;
  4. Davlat byudjeti va mahalliy byudjetlardan gender tenglikka erishishni hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida mablag‘lar ajratilishini tahlil qilib borish;
  5. davlat dasturlari, tarmoq dasturlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalarini moliyalashtirishda gender jihatlarni hisobga olish;
  6. ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda hududlar iqtisodiyotiga gender byudjetlashtirishni joriy qilishga oid indikatorlarni, shuningdek davlat xizmatchilari uchun gender byudjetlashtirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqish;
  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda gender byudjetlashtirish masalalarini hisobga olish;
  8. byudjet tizimini rejalashtirish ishlariga gender yondashuvlarni joriy etish maqsadida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda byudjetlar, byudjet jarayonlarining gender tahlilini o‘tkazish;
  9. vazirlik va idoralarning gender nuqtai nazaridan rejalashtirish hamda byudjetlashtirish bo‘yicha salohiyatini oshirish, byudjet masalalariga doir barcha normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar loyihalarini majburiy gender ekspertizasidan o‘tkazish amaliyotini joriy etish;
  10. oilaviy byudjet mablag‘laridan foydalanishda xotin-qizlar hamda erkaklarning tengligi, jamiyat hayotining turli sohalaridagi xizmatlardan (ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniy hordiq va boshqalar) teng foydalanish yuzasidan aholining iqtisodiy bilimi, huquqiy ongi va savodxonligini oshirish.
Chat