Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5546 marta o'qildi

  • Gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
  1. respublika va hududlar kesimida genderga oid vaziyatni tahlil qilish hamda uning monitoringini yuritish maqsadida xotin-qizlar va erkaklarning norasmiy mehnat bozori sektoridagi, shuningdek hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ishtiroki, ularning davlat tomonidan kafolatlangan imkoniyatlardan foydalanish holati yuzasidan statistik ma’lumotlarni tizimli yuritish;
  2. jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning holatini aks ettiradigan statistik axborotni yig‘ishni, unga ishlov berishni, uni to‘plashni, saqlashni, tahlil va e’lon qilishga oid chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash;
  3. vazirlik va idoralar, tashkilotlar, muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarida jinslar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar yuritilishini tashkil etish, mazkur ko‘rsatkichlarni muvofiqlashtirgan holda yuritilishini ta’minlash;
  4. xalqaro tajriba va standartlarga muvofiq milliy gender ko‘rsatkichlarni takomillashtirib borish;
  5. gender masalalariga oid xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi tashkilotlarni milliy gender statistikasi bilan doimiy ta’minlab borishni yo‘lga qo‘yish;
  6. siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, agrar va ekologiya sohalarida gender statistikasiga oid uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash;
  7. jamiyat hayotining turli sohalaridagi xotin-qizlar va erkaklarning holatini aks ettiruvchi statistik hisobotlarni tayyorlash, ijtimoiy so‘rovlar va tadqiqotlarni o‘tkazish hamda e’lon qilib borish.
Chat