Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4779 marta o'qildi

Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shaklida qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Davlat subsidiyasi

Davlat subsidiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun beriladigan va maxsus loyihalar bilan bog‘liq bo‘lmagan moliyaviy yoki boshqa moddiy ko‘makdir.

Davlat granti

Davlat granti nodavlat notijorat tashkilotlariga ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun tanlov asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan beriladigan pul mablag‘lari va moddiy resurslardir.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi

Nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat ijtimoiy buyurtmasi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuzish orqali ishlarni bajarish yoki tadbirlar o‘tkazishga qaratilgan davlat topshirig‘idan iboratdir.

Chat