Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20309 marta o'qildi

Universitetning maqomi

«IT-Park University» mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Ta’lim faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli litsenziya olinganidan keyin amalga oshiriladi.

Faoliyat yo‘nalishlari

Universitetning asosiy vazifalari:

  • dasturiy ta’minot ishlab chiqish;
  • axborot tizimlari va raqamli platformalarni yaratish;
  • kompьyuter tarmoqlarini boshqarish;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq kadrlar tayyorlash;
  • mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
  • xorijiy universitetlar va IT-kompaniyalar bilan hamkorlik qilishdan iborat.

Ta’lim jarayoni

Universitetda o‘qish to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi. Ta’lim kredit-modulь tizimida, masofaviy shaklda va qonunchilikda ruxsat etilgan boshqa shakllarda olib borilishi mumkin.

Universitet:

  • qabul kvotalarini;
  • kontrakt qiymatini;
  • ta’lim tili va muddatini;
  • qabul va yakuniy attestatsiya talablarini;
  • talabalar o‘qishini ko‘chirish shartlarini;
  • yangi ta’lim yo‘nalishlari va qo‘shma dasturlarni mustaqil belgilaydi.

Muhim: universitet bergan belgilangan namunadagi diplom O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi.

Normativ hujjatlar

Universitet faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 297-son qarori asosida tashkil etilgan.

Chat