Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10031 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.02.2018-yildagi PQ-3512-son "Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Qarori

Jismoniy shaxs tomonidan respublikaga olib kiriladigan, bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan tovarlarning chegaralangan normalari
  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari bojxona chegaralari orkali olib o‘tishda — 2 000 (ikki ming) AQSh dollari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining temir yo‘l va daryo bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda — 1 000 (bir ming) AQSh dollari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining avtoyo‘l (piyoda) bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda — 300 (uch yuz) AQSh dollari;
  • xalqaro kurьerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — bir kalendarь chorak mobaynida 1 000 (bir ming) AQSh dollari;
  • xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — 100 (yuz) AQSh dollari.

  • bojxona deklaratsiyasini taqdim etmagan holda respublikadan jismoniy shaxslar tomonidan olib ketiladigan tovarlarning cheklangan normalari 5 000 (besh ming) AQSh dollari;
  • jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlarni respublikadan olib chiqish normalari ilovaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlari orqali bojxona chegarasidan kesib o‘tish holatlari bundan mustasno;
  • ko‘rsatilgan me’yorlar doirasida tovarlarni jismoniy shaxs tomonidan bojxona chegarasidan olib kirilishi va olib chiqilishi majburiy yozma deklaratsiyasiz amalga oshiriladi, bundan xalqaro pochta va kurьerlik jo‘natmalari hamda tadbirkorlik faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlar mustasno.

Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarning qanday maqsadga mo‘ljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori hisobga olinadi va bunda tovarlarni olib o‘tayotgan jismoniy shaxs va uning oila a’zolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi.


Jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilar va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini ularning sertifikatlari mavjud bo‘lgan holatlarda respublika hududidan tashqariga cheklovlarsiz olib chiqish va tovarlarni qonunchilikda belgilangan normalarining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirib olib chiqish huquqiga ega.


Bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlarni ayrim turlari normalari:

T/r

Tovarning nomi

Har bir jismoniy shaxs tomonidan olib kiriladigan tovarlar normalari

1.

Alkogol mahsuloti, shu jumladan pivo

umumiy miqdori 2 litrdan ko‘p bo‘lmagan

2.

Tamaki mahsulotlarining barcha turlari

umumiy miqdori 10 qutidan ko‘p bo‘lmagan

3.

Atir va ifor taratuvchi suvlar

umumiy miqdori 3 tadan ko‘p bo‘lmagan

4.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari

umumiy og‘irligi 65 grammdan ko‘p bo‘lmagan


Jismoniy shaxslar tomonidan olib ketiladigan ayrim tovarlarning turlari normalari

T/r

Qisqacha nomi

Har bir jismoniy shaxs tomonidan olib chiqib ketiladigan tovarlar normalari

1.

Guruch

umumiy og‘irligi 3 kg.dan ko‘p bo‘lmagan

2.

Non-bulka mahsulotlari

umumiy og‘irligi 5 kg.dan ko‘p bo‘lmagan

3.

Go‘sht va go‘sht oziq-ovqat mahsulotlari

umumiy og‘irligi 2 kg.dan ko‘p bo‘lmagan

4.

Shakar

umumiy og‘irligi 2 kg.dan ko‘p bo‘lmagan

5.

O‘simlik moylari

umumiy og‘irligi 2 kg.dan ko‘p bo‘lmagan

6.

Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz ekinlari, dukkakli o‘simliklari hamda quritilgan sabzavot va mevalar

umumiy og‘irligi 40 kg.dan ko‘p bo‘lmagan

Chat