O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.02.2018-yildagi PQ-3512-son "Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Qarori
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarning qanday maqsadga mo‘ljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori hisobga olinadi va bunda tovarlarni olib o‘tayotgan jismoniy shaxs va uning oila a’zolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi.
Jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilar va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini ularning sertifikatlari mavjud bo‘lgan holatlarda respublika hududidan tashqariga cheklovlarsiz olib chiqish va tovarlarni qonunchilikda belgilangan normalarining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirib olib chiqish huquqiga ega.
Bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlarni ayrim turlari normalari:
T/r |
Tovarning nomi |
Har bir jismoniy shaxs tomonidan olib kiriladigan tovarlar normalari |
1. |
Alkogol mahsuloti, shu jumladan pivo |
umumiy miqdori 2 litrdan ko‘p bo‘lmagan |
2. |
Tamaki mahsulotlarining barcha turlari |
umumiy miqdori 10 qutidan ko‘p bo‘lmagan |
3. |
Atir va ifor taratuvchi suvlar |
umumiy miqdori 3 tadan ko‘p bo‘lmagan |
4. |
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari |
umumiy og‘irligi 65 grammdan ko‘p bo‘lmagan |
Jismoniy shaxslar tomonidan olib ketiladigan ayrim tovarlarning turlari normalari
T/r |
Qisqacha nomi |
Har bir jismoniy shaxs tomonidan olib chiqib ketiladigan tovarlar normalari |
1. |
Guruch |
umumiy og‘irligi 3 kg.dan ko‘p bo‘lmagan |
2. |
Non-bulka mahsulotlari |
umumiy og‘irligi 5 kg.dan ko‘p bo‘lmagan |
3. |
Go‘sht va go‘sht oziq-ovqat mahsulotlari |
umumiy og‘irligi 2 kg.dan ko‘p bo‘lmagan |
4. |
Shakar |
umumiy og‘irligi 2 kg.dan ko‘p bo‘lmagan |
5. |
O‘simlik moylari |
umumiy og‘irligi 2 kg.dan ko‘p bo‘lmagan |
6. |
Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz ekinlari, dukkakli o‘simliklari hamda quritilgan sabzavot va mevalar |
umumiy og‘irligi 40 kg.dan ko‘p bo‘lmagan |