Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13260 marta o'qildi

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruktsiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma

  • Yuridik va jismoniy shaxslarning bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruktsiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnomalar berish tartibi

Ruxsatnoma 2 yil muddatga beriladi, agarda ruxsatnoma talablari 2 yil muddatda bajarilmasa buyurtmachining so‘roviga asosan ruxsatnoma bergan organ tomonidan qaytadan ko‘rib chiqiladi.    

Quyidagi hollarda rekonstruktsiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi
  1. binolarning mustahkamligi va zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘tarib turuvchi qismlarining o‘zgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirish (ko‘p kvartirali uydagi joylarni qayta rejalashtirish bundan mustasno);
  2. poydevor maydonini o‘zgartirmasdan engil turdagi qurilmalar va vaqtinchalik qurilmalarni qurish va rekonstruktsiya qilish.

Bunda loyiha hujjatlari tuman (shahar) qurilish bo‘limlari bilan (arxitektura rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqmasdan) kelishiladi. Ob’ektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.

Ruxsatnoma tuman (shahar) qurilish bo‘limlari tomonidan beriladi.

  • Vakolatli organ tomonidan turar joyni noturar joy toifasiga yoki noturar joyni turar joy toifasiga o‘tkazish (rekonstruktsiya qilmasdan) uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilganda ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra kadastr pasportini rasmiylashtirish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ruxsatnoma Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga elektron tarzda yuboriladi (ob’ektning muayyan qismi toifasini o‘zgartirish bundan mustasno).     

Bunda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng avtomatik ravishda
  1. davlat soliq inspektsiyasiga — ob’ektning toifasi o‘zgarganligi haqida soliq hisobini yuritish uchun;
  2. muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga — iste’molchi bilan to‘g‘ri hisob-kitob qilinishi uchun yuboriladi.

Quyidagilar ruxsat berishga doir talab va shartlar hisoblanadi

a) turar joyni noturar joyga o‘tkazishda:

  1. turar joy avariya holatida emasligi;
  2. turar joyni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq yo‘qligi yoki ushbu turar joyga nisbatan xatlov mavjud emasligi;
  3. noturar joyga o‘tkazilayotgan turar joy birinchi qavatda joylashganligi (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno);
  4. qonunchilik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga zid ravishda binolar konstruktsiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi o‘zgartirishlar kiritmaslik;
  5. ob’ektda evakuatsiya chiqishlarining soni va joylashishining o‘zgarmasligi;
  6. turar joy aniq maqsadli kommunal uy-joy fondiga kirmasligi;
  7. alohida kirish joyini yaratish imkoni mavjud bo‘lishi;
  8. va boshqa.

b) noturar joyni turar joyga o‘tkazishda:

  1. bino va inshootlar aholi punktlarining (shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarining) erlari toifasiga mansub erlardagi turar joy zonalarida joylashganligi;
  2. noturar joy avariya holatida emasligi;
  3. turar joyga o‘tkazilayotgan xona bino erto‘lasi yoki yarim erto‘lasida joylashmaganligi;
  4. turar joyga o‘tkazilayotgan xona qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er maydonlarida joylashmaganligi;
  5. turar joyga o‘tkazilayotgan xonani to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshidan oxirigacha yoki burchagidan shamollatishni tashkil etish imkoniyatining mavjudligi, shuningdek, yondosh turar joy yoki noturar joylardan to‘liq izolyatsiyalanganligi;
  6. xonalar shiftining (maksimum, minimum) balandligi shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq ekanligi;
  7. noturar joyni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq yo‘qligi yoki ushbu noturar joyga nisbatan xatlov mavjud emasligi;
  8. zarur sanitariya-gigienik uzellar yaratish uchun xonalarni moslashtirish imkoniyatining mavjudligi;
  9. va boshqa.
  • ko‘p kvartirali uylarni qayta rejalashtirish va rekonstruktsiya qilishda qo‘shnilarning yoki boshqa uchinchi shaxslarning umumiy mulkdan foydalanish bilan bog‘liq huquqlari buzilmasligi hamda ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf-xatar yuzaga kelmasligi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi
  • Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YaIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
  • Ruxsatnoma olish uchun arizalar YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’iy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin. Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
  • O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
  • Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish nazarda tutilganda so‘rovnomaga turar joyga birgalikda egalik qiluvchilarning (agar mavjud bo‘lsa) notarial tasdiqlangan yozma roziligi ilova qilinadi.
  • Ariza beruvchidan yuqorida ko‘rsatilmagan ma’lumotlar hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Quyidagilar vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos hisoblanadi
  1. so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
  2. davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lanmaganligi;
  3. bino va inshootning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruktsiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurish qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq emasligi;
  4. ob’ektni o‘rganish uchun vakolatli organga imkoniyat yaratilmaganligi;
  5. davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu ko‘chmas mulk ob’ektida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
  6. vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk ob’ektiga taqiq, xatlov yoki garovga (ipotekaga) qo‘yilganligi (vakolatli organning rozilik xati taqdim etilishi bundan mustasno);
  7. loyihalashtirish nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlari ruxsatnoma olgunga qadar o‘zboshimchalik bilan boshlangan bo‘lsa;
  8. davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu er uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi;
  9. ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;
  10. va boshqalar.

  • Bunda er uchastkasi yoki bino va inshootning biri davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, rad etish taqiqlanadi.
  • Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
  • Ariza beruvchi ruxsatnoma berish rad etilgan kundan boshlab 10 (o‘n) ish kuni mobaynida davlat xizmati ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamasdan ko‘rsatilgan kamchilikni bartaraf etib ruxsatnoma olish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega.
  • Ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ruxsatnoma so‘rovnoma takroran berilgandan so‘ng vakolatli organ tomonidan  5 (besh) ish kunidan oshmagan muddatda beriladi.
  • Ruxsatnomani berish masalasini takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.


  • Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruktsiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish sxemasi
Chat