Hukumat qarori (443-son, 10.08.2022-y.) bilan “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Nizomga muvofiq “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qo‘lga kiritgan fuqarolar taqdirlanadi.
Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga har yili 1-maygacha taqdim etadi.
Ko‘krak nishoni har yili 5-iyunь – Butunjahon atrof muhit kuni arafasida Qo‘mita raisi tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.
«Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash sxemasi.
«Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoniga tavsiya etilayotgan nomzodlarni baholash bo‘yicha mezonlar.