Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6413 marta o'qildi

Uy-joy uchun to‘lanadigan haqning miqdori taraflarning o‘zaro kelishuviga binoan uy-joyni ijaraga berish shartnomasida belgilab qo‘yiladi. Basharti qonunga muvofiq uy-joy uchun to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdori belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, shartnomada belgilangan haq ana shu miqdordan oshib ketmasligi lozim.

  • Uy-joy uchun to‘lanadigan haqning miqdori bir tomonlama o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Uy-joy uchun haq ijaraga oluvchi tomonidan uy-joyni ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda to‘lab turilishi lozim.

Agar shartnomada bunday muddatlar nazarda tutilgan bo‘lmasa, haq ijaraga oluvchi tomonidan har oyda qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lab turilishi shart.

  • 2024-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari.

Agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi tomonidan uy-joy uchun 6 oy mobaynida, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan haq to‘lash muddati o‘tganidan keyin 2-martadan ko‘proq haq to‘lanmagan bo‘lsa ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

Chat